Mamlakatimiz teleefirida oʻzgacha jarang sochishi kutilayotgan UPOP TREND mega-loyihasi start olmoqda. Tashkilotchilar loyihani efirga uzatadigan hamkor telekanalni izlamoqda.

UPOP TREND shunchaki isteʼdodlar shousi emas. Bu milliy qadriyatlarimizni zamonaviy formatda qayta tiriltiradigan, yangi yulduzlarni kashf etadigan va tomoshabinni ekran qarshisiga mixlaydigan noyob telemahsulot.

Tashkilotchilar yuqori reyting, sifatli kontent va millionlab tomoshabinlar eʼtiborini kafolatlaydi.

Shart bitta va u juda oddiy: bunday miqyosdagi loyiha faqat eng kreativ, noodatiy va kuchli gʻoya bilan chiqqan bitta telekanalda efirga uzatiladi. Qaysi telekanalning hamkorlik taklifi oʻziga xos va kreativ boʻlsa, UPOP TREND aynan oʻsha kanal efirini zabt etadi.

Takliflar +998 90 773 69 69 telefon raqami orqali qabul qilinadi.