Bolalar Ijodkorligi Ijodiy Birlaşmasi milliy musiqa merosini zamonaviy sahnaga olib çiqadigan yangi şou-tanlov — UPOP TREND loyihasini taqdim etdi. Loyiha qöllab-quvvatlandi.
Taqdimotda Özbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat böyiça vakili Hasan Salihov, Madaniyat vazirining birinçi örinbosari, Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov hamda soha vakillari iştirok etdi.
UPOP TREND milliy musiqiy meros, folklor sanʼati va anʼanaviy raqslarni zamonaviy jahon musiqasi, yuqori texnologiyalar va moda bilan birlaştiradi. Loyihaning maqsadi — milliy ohanglarning öziga xosligini saqlagan holda ularni bugungi ösmirlarning didiga yaqinlaştiriş, ota-bobolar merosini yoşlar özlari izlab tinglaydigan qöşiqlarga aylantiriş.
Loyiha faqat musiqa bilan çeklanmaydi: sahna liboslari, raqslar, vizual yeçimlar va sahna texnologiyalari ham milliy ruh bilan uyğunlaşadi. Taşkilotçilar UPOP TREND orqali milliy qadriyatlarni zamonaviy formatda xalqaro sahnaga olib çiqişni közlamoqda.
Taqdimot yakunida loyiha qöllab-quvvatlandi, uni rivojlantiriş böyiça taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bolalar Ijodkorligi Ijodiy Birlaşmasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PF-103-son Farmoni bilan taşkil etilgan.
«Endi navbat — ğoyani sahnaga, milliy ohanglarni esa yangi avlod qalbiga olib çiqiş.»













